Og'ir atletika. Diyorbek Ruzmetov va Akbar Jo‘rayev — 2025-yil Osiyo rekordchilari
Diyorbek Ruzmetov (-71 kg vazn toifasi) Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarining dast ko‘tarish bahslarida 148 kg natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi 2025-yil davomida yangilangan Osiyo rekordlari natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatda ikki nafar hamyurtimizning ismi qayd etilgan.
Diyorbek Ruzmetov (-71 kg vazn toifasi) Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarining dast ko‘tarish bahslarida 148 kg natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi.
Akbar Jo‘rayev (-110 kg vazn toifasi) Norvegiyaning Førde shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish yo‘nalishlarining har ikkalasida ham Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor