locale OZ

Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi
Фото: Olympic.uz

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Biroz avval “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, shuningdek, Xalqaro va Osiyo ogʻir atletika federatsiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, MOQ va mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilayotgani, yurtimizda ogʻir atletika rivoji yildan yilga ortib borayotganini taʼkidlab oʻtishdi.

Tadbirdan soʻng kechki dasturdan oʻrin olgan navbatdagi vazn toifalarining bellashuvlariga navbat berildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu chempionatda qitʼamizning 29 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod sportchi bahs olib bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting