Og'ir atletika. Abdulaziz Alimjonov tajribali raqiblariga qarshi munosib bahs olib bordi
Abdulaziz Alimjonov dast ko‘tarishda 146 kg, siltab ko‘tarishda 183 kg hamda ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 329 kg natija qayd etib, har uch yo‘nalishda ham to‘rtinchi pog’onadan joy oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Abdulaziz Alimjonov tajribali raqiblariga qarshi munosib bahs olib bordi.
Murosasiz ruhda kechgan –79 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakuniga yetdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdulaziz Alimjonov dast ko‘tarishda 146 kg, siltab ko‘tarishda 183 kg hamda ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 329 kg natija qayd etib, har uch yo‘nalishda ham to‘rtinchi pog’onadan joy oldi.
Mazkur vazn toifasida oltin medal Shimoliy Koreya terma jamoasi a’zosi Chong Songga nasib etdi. Kumush va bronza medallarni mos ravishda Tunis vakili Karim Ben Hania hamda Turkmaniston sportchisi Gaygysyz Torayev qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joizki, Gaygysyz Torayev va Abdulaziz Alimjonov o‘rtasidagi farq atigi 1 kilogrammni tashkil etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor