Og'ir atletika. 30 kundan keyin Toshkent shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Chempionat 7–14-avgust kunlari “Olimpiya shaharchasi”ning Yakkakurashlar sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Roppa-rosa bir oydan so‘ng poytaxtimiz Toshkent shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Qit’aning 45 dan ortiq mamlakatidan 500 nafardan ziyod iqtidorli sportchi ishtirok etishi kutilayotgan ushbu nufuzli musobaqada yosh atletlar Osiyo chempionligi uchun murosasiz bahslarga kirishadi.

Ma’lumot uchun, chempionat 7–14-avgust kunlari “Olimpiya shaharchasi”ning Yakkakurashlar sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Ortga sanoq boshlandi! Oldinda shiddatli bellashuvlar, unutilmas lahzalar, rekord natijalar va Osiyoning yangi chempionlari bizni kutmoqda!
Ibrohim Jalolov
Redaktor