locale OZ

Octagon League’ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov oktagonga qaytmoqda — uning raqibi Braziliyalik jangchi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik MMA jangchisi, yarim o‘rta vazn toifasida Octagon League’ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov faoliyatini Naiza FC ligasida davom ettiradi. Qurbonovning Naiza promoushenidagi ilk jangini 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Naiza 73 turnirida tomosha qilish mumkin. Uning raqibi — tajribali braziliyalik jangchi Robson Kavalkante bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli Qurbonov MMAda 16 marta jang qilib, 12 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi marta 2023 yil oktyabrida Octagon League doirasida oktagonga chiqqan edi. Bir yildan ortiq tanaffusdan so‘ng u Tailandda jang qilgan.

Robson Kavalcante esa professional ringda 43 ta jang o‘tkazgan — 25 ta g‘alaba va 18 ta mag‘lubiyatga ega.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting