locale OZ

Octagon 72: Doston Bozorov, Amirkhon Alixujaev, Shohasan Mirzamatov va boshqalar jang qilgan turnirning barcha natijalari

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Toshkentdagi “Humo Arena”da MMA bo‘yicha yirik turnir — Octagon 72 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Oqshomning markaziy jangidan tortib prelim kardgacha qizg‘in to‘qnashuvlarga boy bo‘lgan turnirda O‘zbekiston vakillari yuqori natijalarni qayd etishdi.

Markaziy jangda engil vazn toifasining o‘zbekistonlik chempioni Doston Bozorov kamarini tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi muvaffaqiyatli himoya qildi.

Shuningdek, Amirkhon Alixujaev, Shohasan Mirzamatov, Ahliiddin Mirzadavlatov, Saydathon Nuriddinov kabi sportchilar ham oktagonda o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Quyida turnir natijalari to‘liq shaklda keltirilgan (g‘oliblar ismlari qora bilan belgilangan):
Asosiy kard:
Markaziy jang, engil vazn chempionligi uchun: DOSTON BOZOROV - Fazliddin Madrahimov (Tojikiston), (Ochkolarga ko‘ra);
Engil vaznda: AMIRXON ALIXUJOEV - Manuel dos Santos (Braziliya), (1-raundda KO-TKO);
Kelishilgan vaznda: SHOHASAN MIRZAMATOV - Abilkassim Yakubov (Qirg‘iziston), (1-raundda KO-TKO);
Engil vaznda: HUSANBOY OTABOEV - Sayat Abduali (Qozog‘iston), (2-raundda bo‘g‘ish usuli bilan);
Engil vaznda: AHLIDDIN MIRZADAVLATOV - Luchiano Palxano (Braziliya), (Ochkolarga ko‘ra);
Yarim o‘rta vaznda: SAYDATHON NURIDDINOV - Emin Sharifov (Ozarbayjon), (3-raundda KO-TKO);
Engil vaznda: ASADBEK QOXOROV - Farhod Davlatov (Tojikiston), (2-raundda KO-TKO);
Engil vaznda: OG‘ABEK "SATURN" ABDUMO‘MINOV - Marselen Kamate (Qozog‘iston), (Raqib 2-raundda jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi).
Prelim kard:
Shou jangi: ERALY BOYQOBILOV - Bobojoni "Rodnoy" Xolmurod (Tojikiston), (Ochkolarga ko‘ra);
Engil vaznda: ABDUMALIK YORBOTAЕV - Mixail Jumaev (Qozog‘iston), (2-raundda KO-TKO);
Eng engil vaznda: QAHRAMON TURSUNBOEV - Bekdaulet Korganbay (Qozog‘iston), (Ochkolarga ko‘ra);
Eng engil vaznda: ABBOS HAYDAROV - Dostonbek Mahammatjonov (Qirg‘iziston), (1-raundda og‘ritish usuli);
O‘ta engil vaznda: BEHRUZ ISROILOV - Artur Nurdunov (Qirg‘iziston), (Ochkolarga ko‘ra);
Yarim engil vaznda: Sayfulloh Mamasaidov (Qirg‘iziston) - Nursulton Ospan (Qozog‘iston), (1-raundda submission);
O‘rta vaznda: CHINGIZ TO‘RAEV - ULUG‘BEK RIXSIBOEV, (1-raundda KO-TKO).

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting