Nursulton Ruziboyev: UFC’da o‘zbeklar soni yaqin vaqtda oshadi
Sportchi yil oxirigacha yana bir nechta hamyurtimiz Liga safidan joy olishi mumkinligini aytdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ruziboyev UFC’dagi hamyurtimiz sportchilar haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, hozircha Ligada uch nafar o‘zbekistonlik ishtirok etmoqda, biroq yaqin vaqt ichida bu son oshishi mumkin.
“UFC’ga kirishga yaqin bo‘lgan yigitlarimiz ko‘p. Qiziqish ham yuqori, muxlislarimiz ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Nasib etsa, yil oxiri yoki kelasi yil boshigacha o‘zbeklar soni yana ortib, ehtimol, UFC turnirini O‘zbekistonda ham o‘tkazarmiz”, — dedi Ruziboyev.
U 17 avgust kuni UFC 319 doirasida amerikalik Bryan Battlega qarshi jang qiladi.
Bakradze Iman
Redaktor