Nursulton Ro'ziboyev navbatdagi jang sanasi haqida
O'zbek jangchisi noyabr yoki dekabrda oktagonga qaytishi mumkin
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
UFCda ishtirok etayotgan Nursulton Ro'ziboyev yaqinidagi rejalar haqida gapirib, navbatdagi jangini noyabr yoki dekabr oyiga rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
“Yangi jang? Bir yildan beri O'zbekistonga kelmadim. Avvalo oila bilan bog'liq ishlarni yo'lga qo'yishim kerak. Shu bois, nasib qilsa, Doha yoki Las-Vegasda — noyabr yoki dekabr oyida jang qilaman”, — dedi Ro'ziboyev.
Eslatib o'tamiz, 17 avgust kuni Chikagoda o'zbekistonlik sportchining Brayan Battlega qarshi jangi rejalashtirilgandi. Ammo raqib belgilangan vazn me'yoriga to'g'ri kelmagani sababli bellashuv bekor qilingan edi.
Bakradze Iman
Redaktor