locale OZ

Nukusda ilk bor Kurash bo‘yicha Osiyo ochiq Kubogi o‘tkaziladi

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 21 000 AQSH dollarini tashkil etadi va World Series Pro xalqaro turniri uchun muhim reyting ballarini ham taqdim etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nukusda ilk bor Kurash bo‘yicha Osiyo ochiq Kubogi o‘tkaziladi
photo: Kurash Uzbekistan

Nukusda ilk bor Kurash bo‘yicha Osiyo ochiq Kubogi o‘tkaziladi.

2026 yil 22–25 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida kurash bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi taqvim rejasi asosida ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqa Osiyoning eng sara polvonlarini bir maydonga jamlab, kurash sport turining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bellashuvlar Nukus shahridagi 1-son sport maktabi sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 21 000 AQSH dollarini tashkil etadi va World Series Pro xalqaro turniri uchun muhim reyting ballarini ham taqdim etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting