Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionatiga start berildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi Jahon hamda Osiyo chempionati musobaqalari tantanali ravishda ochildi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov hamda Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Xabir Xabibullin ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar belbog‘li kurashning xalqaro darajada ommalashuvi va uni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab, chempionatda ishtirok etayotgan yosh polvonlarga omad tilashdi.
Bakradze Iman
Redaktor