Nukus shahrida kichik yoshli o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi boshlandi
O‘zbekiston kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 1500 ga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri 2011-2012 yillarda tavallud topgan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Birinchi sonli sport maktabi manejida tashkil etilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkin Qutibayev va boshqa mas’ullar ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tilashdi.
O‘zbekiston kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 1500 ga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor