Nukus shahri yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Kubogiga mezbonlik qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
18-20-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi boʻlib oʻtadi.
Musobaqada 2005-2006 hamda maxsus ruxsatnoma asosida 2007-yilda tavallud topgan yosh dzyudochilar belgilangan vazn toifalarida gʻoliblik yoʻlida bahslarga kirishadi. Oʻzbekiston Kubogining uchinchi kuni aralash jamoaviy bahslar tashkil etiladi.
Barcha dzyudo muxlislarini Nukus shahridagi 1-Bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga taklif qilamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor