Nodirbek Yakubboev chempionlik ostonasida
Yosh grossmeystergа Rubinstein Memorial’da g‘oliblik uchun durang kifoya
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Polshaning Polyanitsa-Zdruy shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Akiba Rubinstein International Chess Festival”ning 61-sonida hal qiluvchi pallaga kelindi. Turnir 7 ta guruhda tashkil etilgan bo‘lib, eng kuchlilar jamlangan “ALREH” guruhida O‘zbekiston sharafini xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev himoya qilmoqda.
8-turda hamyurtimiz Germaniya vakili Mattias Bluebaum bilan durangga rozi bo‘ldi. Garchi g‘alabaga yaqin kelgan bo‘lsa-da, Yakubboev 6 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Mattias, David Navara (Chexiya) va Radoslav Voytashek (Polsha) 5 ochkodan jamg‘argan holda yaqin ta’qibda turibdi.
Bakradze Iman
Redaktor