locale OZ

Nodirbek Abdusattorov — Tata Steel Chess chempioni

Oʻzbekistonlik shaxmatchi nufuzli turnirda gʻalaba qozondi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov — Tata Steel Chess chempioni
FOTO: Getty Images

Oʻzbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida boʻlib oʻtgan Tata Steel Chess turnirida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etgan musobaqada Abdusattorov 9/13 ochko toʻpladi va daxshatli 2862 performans qayd etdi.

Nodirbek 2023 (2-o‘rin), 2024 (3-o‘rin) va 2025 yillarda (3-o‘rin) ham chempionlikka juda yaqin kelgan edi. Biroq omad unda biroz yuz o‘girgandi.

Maʼlumot uchun, Abdusattorov mukofot jamgʻarmasi 1,2 mln dollarni tashkil etgan turnirda Yag‘iz Kaan Erdog‘mus, Aravindh Chitambaram, Hans Niemann, Javohir Sindorov, Vladimir Fedoseyev va Jorden van Forest bilan durang oʻynadi.

Shuningdek, Nodirbek musobaqa davomida Praggnanandha Rameshbabu, Nguyen Tai Dai Van, Gukesh Dommaraju, Vinsent Keymer, Matias Bleubaum va Arjun Erigaisi kabi nomdor grossmeysterlarni magʻlub etdi. Oʻzbekistonlik shaxmatchi yagona magʻlubiyatini Anish Giridan qabul qilib oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting