locale OZ

Nodirbek Abdusattorov: Magnus o‘ynashini eshitishim bilan ishtirok etishga rozi bo‘ldim

Shvetsiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshlagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bahsdan keyingi intervyusida o‘z strategiyasi va asosiy maqsadi haqida so‘zlab berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov: Magnus o‘ynashini eshitishim bilan ishtirok etishga rozi bo‘ldim
photo: Chess Uzbekistan

Shvetsiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshlagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bahsdan keyingi intervyusida o‘z strategiyasi va asosiy maqsadi haqida so‘zlab berdi.

Nodirbekning ta’kidlashicha, g‘alabaning kaliti debyut tanlovida bo‘lgan.

"Raqibimning o‘yinlarini o‘rganib chiqib, u asosan e4 yurishini tanlashini va bu borada tayyorgarligi kuchli ekanini bildim. Shuning uchun unga syurpriz qilish maqsadida Karo-Kann himoyasini tanladim. Bu u uchun kutilmagan bo‘ldi"

O‘yin davomida Abdusattorov raqibning ustunligini yo‘qqa chiqarish uchun sipohlarni almashtirish taktikasini qo‘llagan. Yakunda raqib vaqt tanqisligida (seytnot) qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Nodirbek bundan unumli foydalanib, g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, Nodirbek so‘nggi vaqtlarda London, Veyk-an-Zee va Praga turnirlarida ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning aytishicha, asosiy sir barqarorlikda.

"Men shunchaki maksimal darajada barqaror o’ynashga harakat qilyapman. Bu yil Grand Chess Tour'da qatnashmayotganim sababli, boshqa nufuzli turnirlarda ishtirok etishim kerak edi"

Intervyuning eng qiziq nuqtasi Nodirbekning ushbu turnirga nega kelgani haqidagi savol bo‘ldi:

"Men bu yerga aynan Magnus borligi uchun kelishga qaror qildim. Uning o‘ynashini eshitishim bilan ishtirok etishga darhol rozi bo‘ldim."

Turnirning 3-turida Nodirbek jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu bahsda Nodirbek qora donalarda o‘ynaydi.

"Qora donalarda o‘ynashning ham o‘ziga xos plyuslari bor menda ortiqcha bosim bo‘lmaydi. Ko‘ramiz, bu qanday natija berar ekan"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting