Nodirbek Abdusattorov: «Blits reytingim 2800 ga yetdi, maqsadim faqat eng yuqori o‘rinlar!»
Oxirgi bir necha yilda bu yo‘nalishda o‘yinimni ancha kuchaytirdim, blits reytingim 2680–2690 lardan hozirda 2800 ga ko‘tarildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: gettyimages
Nodirbek Abdusattorov: “Blits reytingim 2800 ga yetdi, maqsadim faqat eng yuqori o‘rinlar!”
"Blits bahslarini chindan ham intiqlik bilan kutyapman. Oxirgi bir necha yilda bu yo‘nalishda o‘yinimni ancha kuchaytirdim, blits reytingim 2680–2690 lardan hozirda 2800 ga ko‘tarildi.
O‘tgan yili Zagrebda aynan blitsdagi kuchli o‘yinim evaziga turnir jadvalida ko‘tarilib, 5 yoki 6-o‘rinni olgandim. Bu yil esa undan ham yaxshiroq natija ko‘rsatishni va eng yuqori o‘rinlar uchun oxirigacha kurashishni maqsad qilganman.
Sobiq jahon chempionligi masalasiga kelsak, men o‘tgan yili blits yo‘nalishida kumush medalni qo‘lga kiritganman (vitse-chempion bo‘lganman). Ammo menda rapid bo‘yicha jahon chempionligi unvoni bor.