locale OZ

Nodir Eliboyev: «Biz Jakartaga g'alaba uchun kelganmiz»

Eliboyev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 28 yanvar kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodir Eliboyev: «Biz Jakartaga g'alaba uchun kelganmiz»
Фото: Ўзбекистон футзали

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev Osiyo Kubogi–2026 musobaqasi oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Avvalo, Indoneziya mamlakati rahbariyati, futbol va futzal mutasaddilariga bizni iliq kutib olganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga musobaqa davomida omad tilayman.

Tayyorgarlik masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz Osiyo kubogiga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rdik. Jakar taga oldimizga qo‘yilgan vazifani sharaf bilan uddalash maqsadida tashrif buyurdik. Eng avvalo, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak. Har bir o‘yinda yigitlar oldiga faqat g‘alaba qozonish vazifasini qo‘yganmiz. O‘ylaymanki, biz qiyin, ammo bajarish mumkin bo‘lgan maqsadimizga yuz foiz tayyormiz.

Albatta, bizda ham muammolar yo‘q emas. Jumladan, bir qator futbolchilarni jarohat sabab tarkibga qo‘sha olmadik. Bu holat milliy chempionatimizning so‘nggi turlarida yuz bergani bois himoya va hujum chizig‘idagi bog‘lanishlarga tezkor o‘zgarishlar kiritishga to‘g‘ri keldi. Rejadagi maqsadlarimizga qay darajada erishganimizni dastlabki uchrashuvlarda bilib olamiz. Shuningdek, final bosqichi bahslari davomida ham ishlash va izlanishda davom etamiz. O‘ylaymanki, terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar jangovar ruhda va kurashga tayyor. Maqsadimiz — faqat a’lo natijaga erishish hamda muxlislarimizni chiroyli, g‘alabali o‘yinlar bilan xursand etish.

Raqiblarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, bugungi kunda Osiyoda futzalni hamma yaxshi o‘rganib, o‘zlashtirib olgan. Final bosqichida kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Guruhdagi barcha raqiblarimizning o‘yin uslublarini chuqur tahlil qilib chiqqanmiz va futbolchilarimizga zarur ko‘rsatmalarni berdik. Ishonamanki, musobaqada ijobiy natijaga erishish qo‘limizdan keladi, — dedi Nodir Eliboyev.

Ma’lumot oʻrnida: Oʻzbekiston futzal terma jamoasi guruh bosqichida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Nodir Eliboyev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 28 yanvar kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Mazkur oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting