Nikita Svetkov «Fergana Grand Prix» turnirida gʻalaba qozondi
Fargʻona veloshosse boʻyicha turnir yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Olympic.uz
Fargʻonada veloshosse boʻyicha «Fergana Grand Prix» turniri yakunlandi. Musobaqaning bugungi bellashuvlari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Erkaklar oʻrtasida kechgan 2-bosqich poygasida Nikita Svetkov marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Sportchimiz 141 kmli masofani 3:25:41 soatda bosib oʻtdi.
Shuningdek, bosqich yakunida eng yuqori natija qayd etgan Svetkov musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin ispaniyalik Xuan Lozanoga nasib etgan boʻlsa, belaruslik Roman Tishkov kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist