Nigina Sobirova – jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Hamyurtimiz ayollar kurashida Turkiya va Qozog‘iston vakillarini ortda qoldirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Bolgariyaning Samokov shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakilasi Nigina Sobirova (-62 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sobirova chorak finalda mag‘lubiyatga uchragach, o‘tish bosqichida Qozog‘iston vakilini taslim etdi. So‘ngra uchinchi o‘rin uchun bahsda turkiyalik raqibini mag‘lub etib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Bu natija O‘zbekiston sportchilari uchun jahon chempionatidagi navbatdagi muvaffaqiyat bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor