Navro‘za Axmatova jahon chempionati sovrindori, sportchimiz Osiyo rekordini yangiladi
Ayni damda o‘zbekistonlik sportchilarning medallari soni 9 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida yana bir medal qo‘lga kiritildi.
Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navro‘za Axmatova o‘z urinishlari doirasida 28.83 m natija qayd etib, Osiyo qit’asi rekordini yangiladi.
Bu Navro‘zaga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.
Ayni damda o‘zbekistonlik sportchilarning medallari soni 9 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist