locale OZ

Navoiyda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichlari davom etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navoiyda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichlari davom etmoqda
PHOTO: Telegram

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining navbatdagi mintaqaviy bosqichi Navoiy viloyatida boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqaning yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar Navoiy shahridagi "Sugʻdiyona" oʻyingohida o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i J.Murtozayev ishtirok etdi. Ushbu bosqichda Navoiy shahar, Karmana, Xatirchi hamda Qiziltepa tumanidan tashrif buyurgan sportchilar faol ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting