Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!
Har bir guruhda saralangan 12 nafar kuchli shaxmatchi dona suradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Bugun, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan “To‘dako‘l” Xalqaro shaxmat maktabida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
Ma’lumot oʻrnida bahslar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda, aylanma tizimda (11 tur) standart yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Har bir guruhda saralangan 12 nafar kuchli shaxmatchi dona suradi.
G‘oliblar nafaqat qimmatbaho sovrinlar bilan 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist