Navoiyda «Hokim olimpiadasi» musobaqalari davom etmoqda
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Navoiy shahrida badminton hamda velosportning shosse yo'nalishi bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralangan yosh sportchilar ishtirok etib, ushbu sport turlari bo'yicha o‘zaro bellashishdi. Musobaqalar davomida ishtirokchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib sportchilar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist