«Nasaf» qirg‘izistonlik futzalchi bilan shartnoma imzoladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Насаф ПФК
Futzal transfer oynasining so‘nggi kunida yana bir transfer amalga oshirildi.
Qirg‘izistonlik futzalchi Donyorbek Amanbayev “Nasaf” futzal jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
U o‘tgan mavsumda Belarusning “Stalitsa” klubida to‘p surgan.
Shuningdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi Sunnatulla Jo‘rayev bilan hamkorlik davom ettiriladi. U o‘z shartnomasini 2027-yil oxirigacha uzaytirdi.
“Yangi mavsumda futzal jamoamizga omad tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Bahrom Bobonov
Redaktor