«Nasaf» 3 nafar legioner futzalchi bilan shartnoma imzoladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Nasaf PFk
"Nasaf" futzal jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Jamoa mahalliy futzalchilar bilan bir qatorda xorijlik tajribali futzalchilarni ham safga qo‘shib oldi.
Bugun Qirg‘iziston futzal terma jamoasining uch nafar azosi — Erjan Baxtibekov, Ulanbek Chorobek va Ernest Saipidnov, shuningdek, mahalliy futzalchi Odiljon Asamov bilan rasmiy shartnomalar imzolandi.
Ushbu to‘rt nafar futzalchi "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi va yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor