locale OZ

Naoya Inoue keyingi jangida Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga chiqadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Naoya Inoue navbatdagi jangida Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga chiqadi
Rasm: gettyimages.com

Ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangini o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliyevga qarshi o'tkazishini ma'lum qildi.

Inoue 4-may kuni amerikalik Ramon Kardenasni nokautga uchratgan bo'lsa, Ahmadaliyev 31-may kuni meksikalik Luis Kastilyonini erta yakun bilan mag'lub etdi. Ikkala bokschi ham so'nggi janglarida ishonchli g'alaba qo'lga kiritganidan so'ng, ularning o'zaro to'qnashuvi rasman e'lon qilindi.

Yaponiyalik chempion o'zining X (Twitter) sahifasida jangga oid posterni ulashib, quyidagi izohni qoldirdi: “Endi Nagoyadagi jang rasmiy kuchga kirdi”.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, mutlaq chempionlik uchun jang 14-sentabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bo'lib o'tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting