Namanganda zamonaviy sport kurashlari markazi foydalanishga topshirildi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi hududida zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan yangi Sport kurashlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali ochilish marosimida viloyat prokurori Umirbek Madraximov, shahar hokimi Ayubxon Kamalov, soha mutasaddilari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi markaz sportchilar uchun eng qulay sharoitlar bilan ta’minlandi, mashg‘ulotlar uchun zamonaviy jihozlangan zallar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyasi amalga oshirildi.
Mazkur markaz 100 nafarga yaqin sportchining bir vaqtning o‘zida shug‘ullanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 3 000 nafardan ortiq sportchi muntazam shug‘ullanmoqda. Bu esa yangi markaz viloyatda sport infratuzilmasini yanada mustahkamlashda muhim qadam ekanini ko‘rsatadi.