Namanganda Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi
Musobaqa Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoa tarkibini shakllantirishga xizmat qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: sports.uz
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida muaytay bo‘yicha o‘smirlar (U-15) va yoshlar (U-17) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqa 2025-yil 22–31-oktyabr kunlari Bahraynda o‘tkaziladigan III Yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorlanayotgan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.
Bakradze Iman
Redaktor