Namanganda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mingdan ortiq yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Kurash bo‘yicha U-13 kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan kurash sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng musobaqaga rasmiy start berildi.
Mazkur chempionatda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mingdan ortiq yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist