Namangan an'anaviy «Uzbekistan Open» xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi
Namangan an'anaviy "Uzbekistan Open" xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-337-son qarorida belgilangan "Har yili an’anaviy ravishda taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini o‘tkazish" vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 26–30-oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Paxlavon” sport majmuasi taekvondo WT bo‘yicha an’anaviy “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi ishtirokchilarini o‘z bag‘riga chorlaydi.
Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyuradigan mohir taekvondochilar dayangda o'z mahorati va texnikasini namoyish etishadi.
26–30-oktyabr
Namangan shahri, “Paxlavon” sport majmuasi.