locale OZ

Najmiddin Qosimhojiev Universiada o‘yinlarining ikki karra sovrindori bo‘ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Najmiddin Qosimhojiev Universiada o‘yinlarining ikki karra sovrindori bo‘ldi
Photo: Sport vazirligi

Essen shahri mezbonligidagi Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari o‘zbek sportchilari uchun omadli davom etmoqda.

O‘zbekiston jamoasining 74 kg vazn toifasidagi talaba taekvondochisi Najmiddin Qosimhojiev nufuzli kompleks turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Taekvondochi yarimfinal bosqichida braziliyalik raqibiga imkoniyatni boy berganiga qaramay, O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medalni taqdim etdi.

Qosimhojievning ushbu natijasi orqali O‘zbekiston jamoasining musobaqa doirasidagi medallari soni 3 taga yetdi. Avvalroq, Madina Mirabzalova hamda Shamsiddin Qurbonov ham uchinchi natijani qayd etgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting