Munira Abdullayeva «Poznan 2026 World Boccia Challenger» turniri sovrindoriga aylandi
Musobaqada 22 ta mamlakatdan 80 nafarga yaqin para atletlar o‘zaro bahs olib borishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
4-9-avgust kunlari Polshaning Poznan shahrida bochcha bo‘yicha “Poznan 2026 World Boccia Challenger” xalqaro Chellenjer turniri o‘tkazildi. Musobaqada 22 ta mamlakatdan 80 nafarga yaqin para atletlar o‘zaro bahs olib borishdi.
Ahamiyatlisi, BC4 klassidagi tajribali o‘zbekistonlik bochcha ustasi Munira Abdullayeva musobaqada faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda BAA vakilasi Raisa Alfalasidan ustun keldi.
Poznan Chellenjeri
Ayollar, BC4 klassi
Kim Junyi (🇰🇷Koreya Respublikasi)
Penni Frud (🇬🇧Buyuk Britaniya)
Munira Abdullayeva (🇺🇿O‘zbekiston).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist