Muhiddin Mamajonovni mag'lub etgan Fazliddin Madrahimov navbatdagi raqib sifatida Amirxon Alixo'jaevni nishonga oldi
Yengil vazn toifasida Hardcore FC’ning sobiq chempioni, tojikistonlik MMA jangchisi Fazliddin Madrahimov o‘zbekistonlik Amirxon Alixo‘jaevga jang taklif qildi.
“Menga Alixo‘jaevga qarshi jang qiziq. 'Humo Arena'da bo‘ladigan navbatdagi turnir uchun allaqachon jang taklif qilishdi — men tayyorman. Sanchi, tayyormisan, Alixo‘jaev? Men seni muddatidan oldin mag‘lub etaman. Inshaalloh, shunga bor kuchimni sarflayman. Albatta, agar sen jangni qabul qilsang va qochmasang. O‘zbekistonda ikki marta jang qilganman, sen uchinchisi bo‘lishing mumkin. Agar haqiqiy jangni xohlasang — rozi bo'”, — dedi Madrahimov.
Ma’lumot uchun, Fazliddin Madrahimov Muhiddin Mamajonovga qarshi ikki marotaba oktagonga ko‘tarilgan: ulardan biri durang bilan yakunlangan, ikkinchisida esa Madrahimov g‘alaba qozongan. Ammo so‘nggi jangida u Doston Bozorovga yutqazgandi.