Muhayyo Narzilloyeva jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi
Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bratislava shahri (Slovakiya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U20 jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi.
Kechagi bahslarda kurashchi qizlarimizdan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi.
Kumush medal:
-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva
Bugun kurashchi qizlarimizdan Ulbike Karlibayeva bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, 3 nafar erkin kurashchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Bronza medali uchun:
-57 kg: Ulbike Karlibayeva / Liliana Kapuvari (Vengriya) — Hiunai Hurbanova (Ozarbayjon)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist