Muhammadqodir Toshtemirovdan terma jamoamiz hisobiga oltin «trebl»
Terma jamoaning musobaqadagi umumiy medallari soni 17 taga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi
-94 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslari ham yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda ham tajribali sportchimiz Muhammadqodir Toshtemirov yuksak mahorat namoyish etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Toshtemirov siltab ko‘tarishda 183 kg va 194 kg natijalarni qayd etdi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 360 kg umumiy natija bilan barcha uch yo‘nalishda — dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurashda — oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Muhammadqodirning ushbu yorqin g‘alabasidan so‘ng terma jamoaning musobaqadagi umumiy medallari soni 17 taga yetdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist