Muhammadjon Qurbonovning Naiza 76 turnirdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbek jangchisi Olmaotada xitoylik sportchi Zhou Luo bilan to‘qnash keladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
23 avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi ADD Arena majmuasida MMA bo‘yicha Naiza 76 turniri o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada yarim engil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik jangchi, Octagon League’ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov navbatdagi bahsini o‘tkazadi. Liga matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 33 yoshli Qurbonovga raqib sifatida xitoylik Zhou Luo tayinlangan.
Qurbonov professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Luo esa 16 ta jangda 11 bor zafar quchib, 5 marta imkoniyatni boy bergan.
Bakradze Iman
Redaktor