Moskva shahrida qo‘l jangi bo‘yicha mutlaq vazn toifasidagi IV jahon chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi
Moskva shahrida qo‘l jangi bo‘yicha mutlaq vazn toifasidagi IV jahon chempionati muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur nufuzli musobaqa dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli sportchilarni bir maydonga jamladi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha taqdirlandi:
73 + vazn toifasi (erkaklar):
1 Aslan Oraz (Qozog‘iston)
2 Asadbek Xolbutayev (O‘zbekiston)
3 Aleksandr Glazirin (Rossiya)
3 Nurbek Manazarov (Qozog‘iston)
93 + vazn toifasi (erkaklar):
1 Vadim Rolich (Belarus Respublikasi)
2 Ilyos Kamilov (O‘zbekiston)
3 Emmanuel Lampti (Gana)
3 Vadim Dengin (Belarus Respublikasi)
58 + vazn toifasi (ayollar):
1 Nilufar Polvonova (O‘zbekiston)
2 Muxlisa Tohirova (O‘zbekiston)
3 Viktoriya Kryukova (Rossiya)
3 Dayana Amantayeva (Qozog‘iston)
Ushbu jahon chempionati yuqori sport mahorati, kuchli raqobat va yorqin bellashuvlar bilan muxlislar yodida qoldi. Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha sportchilarni, xususan, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘zbekistonlik sportchilarni samimiy muborakbod etamiz.