MOQda Koreya Respublikasi sport tibbiyoti mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bugun Oʻzbekiston MOQ rahbariyati Koreya Respublikasidan sport tibbiyoti sohasida tashrif buyurgan professor va shifokorlardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida sportchilarni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida zamonaviy tibbiy yondashuvlarni joriy etish, Koreya tajribasini oʻrganish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, muloqotda Oʻzbekiston MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbariyati ham ishtirok etib, sportchilar salomatligini muhofaza qilish, tiklanish jarayonlarini takomillashtirish va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr almashildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist