locale OZ

MOQda federatsiyalar masʼullari bilan ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi

Ommaviy sport musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MOQda federatsiyalar masʼullari bilan ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi
Фото: Olympic.uz

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi, federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullari bilan terma jamoalarni joriy yil tashkil etiladigan kompleks turnirlari, qolaversa, ommaviy sport musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Rasmiylar bu yil Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari, Dakar-2026 yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari, Riyod-2026 Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kabi musobaqalar kutib turgani, sportchilarimizni ularga puxta tayyorlab, Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini oqlash zarurligini taʼkidlashdi.

Shuningdek, joriy yil oʻtkaziladigan “Xalqaro Olimpiya” kuniga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xalqaro va mahalliy musobaqalarning ochilish va yopilish, taqdirlash marosimlarini yoʻlga qoʻyishda protokol masalalariga qat’iy rioya qilish mavzulari ham koʻrib chiqildi.

Yigʻilish davomida har bir federatsiya masʼullari bilan terma jamoalarning tarkibi, ularni tayyorlash dasturi boʻyicha suhbatlashib, kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting