locale OZ

MOQ rahbariyati “Talabalar festivali”da yuzlab yoshlar bilan uchrashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MOQ rahbariyati “Talabalar festivali”da yuzlab yoshlar bilan uchrashdi
FОТО: Olympic.uz

Shu kunlarda yurtimiz boʻylab mahoratli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Talabalar festivali” oʻtkazilmoqda. Bugun mazkur tadbir doirasida iqtidorli yoshlar bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

“Zakovat arena”da oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va 400 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbatda rasmiylar mamlakatimizda yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun har tomonlama yaratib berilayotgan sharoitlar va keng imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtishdi.

Oʻz oʻrnida, talabalarning bugungi muammo va kamchiliklari, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting