locale OZ

MMA jangchisi Xolmurad Nurmatov ilk bor ACA reytingiga kirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MMA jangchisi Xolmurad Nurmatov ilk bor ACA reytingiga kirdi
MMA jangchisi Xolmurad Nurmatov ilk bor ACA reytingiga kirdi

O'zbekistonlik aralash jang san'ati vakili Xolmurad Nurmatov (14–8–1) ilk bor Rossiyada faoliyat yuritayotgan ACA ligasi reytingida o'z o'rnini egalladi. 31 yoshli sportchi ACA doirasida so'nggi besh jangini o'tkazgan bo'lib, ulardan ikkitasida g'alaba qozongan va uchtasida mag'lub bo'lgan. Yangilangan reytingda Nurmatov superyengil vazn toifasida 15-o'rindan joy oldi.

Eslatib o'tamiz, Xolmurad oxirgi jangida 28 fevral kuni Imron Bukuevga qarshi oktagonga chiqib, ochkolar hisobida yutqazgan edi.

ACA superyengil vazn reytingi (Top-15):
1. Azam Gaforov (Tojikiston)
2. Azamat Pshukov (Rossiya)
3. Anatoliy Kondratev (Rossiya)
4. Azamat Kerefov (Rossiya)
5. Imron Bukuev (Rossiya)
6. Aren Akopyan (Rossiya)
7. Vardan Asatryan (Rossiya)
8. Anis Yekubov (Tojikiston)
9. Astemir Nagoev (Rossiya)
10. Mansur Xatuyev (Rossiya)
11. Ruslan Abiltarov (Rossiya)
12. Ayatolla Muminov (Rossiya)
13. Saygid Abdulaev (Tojikiston)
14. Umalat Israpilov (Rossiya)
15. Xolmurad Nurmatov (O'zbekiston)

Bu vazn toifasining amaldagi chempioni — Kurbon Gajiyev (Rossiya).

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting