locale OZ

Mirafzal Ahtamov ishtirok etgan jang 14 iyun kuni ikkinchi raunddan so‘ng to‘xtatildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

14 iyun kuni Dubaydagi Coca Cola Arena maydonida MMA bo‘yicha 971 Fighting Championship turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida o‘zbekistonlik Mirafzal Ahtamov ham oktagonga ko‘tarildi.

Uning raqibi Janubiy Afrika Respublikasidan Adrian Sanches bo‘ldi. Uch raundga mo‘ljallangan jang jadallik bilan boshlandi va ikki raund yakuniga qadar Ahtamov ustunlik namoyon etayotgan edi. Biroq yurtdoshimizning qoshi yorilishi tufayli hakamlar jangni to‘xtatishga qaror qilishdi. Shu bois texnik nokaut qayd etildi va g‘alaba Sanchesga berildi.

Shu tariqa, Mirafzal Ahtamov professional faoliyatida ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting