Mini-futbol bo'yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi Navoiy viloyatida ham tashkil etildi
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: tashcitysport
Musobaqada viloyat sport maktablaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etib birinchilik uchun murosasiz bahslar olib borishdi.
Ushbu musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, soha xodimlarining ijtimoiy faolligi va jamoaviyligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlashdan iborat.
Yakuniy natijalarga ko'ra;
1- o‘rin Navbahor tuman 2-son sport maktabi jamoasi
2- o‘rin Karmana tumani sport maktabi jamoasi
3- o‘rin Navoiy viloyat Sport boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor