locale OZ

Milliy rassomlik va dizayn institutida voleybol bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida voleybol sport turiga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milliy rassomlik va dizayn institutida voleybol bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida talaba-yoshlar uchun voleybol bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda institut o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazildi. Yaqinda imzolangan ushbu memorandum talaba-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turini oliy ta’lim muassasalarida keng ommalashtirishga qaratilgan. Ushbu kelishuv doirasida har hafta “Yoshlar kuni”da sport musobaqalari va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.

Bugungi tadbirda O‘zbekiston ayollar voleybol terma jamoasi bosh murabbiyi Isaenok Olga Viktorovna talabalarga voleybol bo‘yicha o‘zining professional tajribasi va amaliy tavsiyalarini ulashdi. Mahorat darsi davomida yoshlar voleybol sport turining texnik jihatlari, zamonaviy o‘yin uslublari hamda professional sportdagi tayyorgarlik jarayonlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining marketing va moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishi mutaxassisi Ravshan Kadirovich Rajabov federatsiya nomidan ishtirok etdi. U talabalarga voleybol sport turini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, yoshlarni sport bilan faol shug‘ullanishga chaqirdi.

Mahorat darsi yakunida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan institutga sport formasi hamda voleybol to‘plari topshirildi. Talabalar esa mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida voleybol sport turiga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting