locale OZ

Menorca 2026: O‘zbekiston shaxmatchilari xalqaro maydonda

Mukofot jamg‘armasi 60 000 yevroni tashkil etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Menorca 2026: O‘zbekiston shaxmatchilari xalqaro maydonda
Фото: Chess Uzbekistan

Joriy yilning, 7–12-aprel kunlari Ispaniyaning Menorka shahrida nufuzli “V Open Chess Menorca 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 51 ta mamlakatidan 563 nafar shaxmatchi qatnashayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston 13 nafar vakil bilan ishtirok etmoqda. Ularning 7 nafari terma jamoa a’zolaridir.

Mukofot jamg‘armasi 60 000 yevroni tashkil etadi. G‘olib 6 000 yevroga ega bo‘ladi.

Turnirda jahonning kuchli grossmeysterlari – Gukesh Dommaraju, Leinier Dominguez Perez, Richard Rapport, shuningdek Volodar Murzin, Sam Shankland va Abhimanyu Mishra kabi nomlar qatnashmoqda.

Terma jamoamiz tarkibi:

Abdisalimov Abdimaliк
Begmuratov Humoyun
Omonova Umida
Tohirjonova Gulruxbegim
Karimova Guldona
Xalilova Madinabonu
Imomkuzieva Nilufarxon

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting