locale OZ

MDH o‘yinlari: delegatsiyamiz musobaqani 119 ta medal bilan yakunladi

Umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MDH o‘yinlari: delegatsiyamiz musobaqani 119 ta medal bilan yakunladi
Фото: Olympic.uz

Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimiz badiiy gimnastikaning besh halqa va besh juft bulava dasturi bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqa davomida 25 ta oltin, 33 ta kumush va 61 ta bronza, jami 119 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur o‘yinlar yosh sportchilarimiz uchun tajriba maydoni bo‘ldi. Boisi, o‘smirlar terma jamoalarimizning aksariyat sportchilari yana 10 kundan keyin Bahraynda start oladigan III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Murabbiylar shtabining qarori bilan Ozarbayjonga umidli sportchilar jalb etildi va ular o‘zlarini yomon ko‘rsatishmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting