MBA o‘yinchisi hakamni yuziga urib yubordi — uning burnidan qon ketdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
“Oklahoma-Siti Thunder” jamoasining hujumkor himoyachisi Lugentz Dort MBA G‘arbiy konferensiyasi final seriyasining ikkinchi o‘yinida hakamni tasodifan urib yubordi. O‘yin “Oklahoma” va “Minnesota Timberwolves” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi (118:103, seriyada 2:0).
Sporli to‘pni o‘yinga kiritish paytida Dort hakam Scott Fosterni tanasining old qismi bilan to‘qnashib yubordi. Natijada hakamning burnidan qon ketdi va o‘yin bir necha daqiqaga to‘xtatildi. Fostorga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

