locale OZ

Maxsus Olimpiada doirasida Respublika yengil atletika chempionati o‘tkazildi

Musobaqalar ikki toifada o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxsus Olimpiada doirasida Respublika yengil atletika chempionati o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Musobaqada Namangan, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 150 dan ortiq sportchilar ishtirok etdilar.

Musobaqalar ikki toifada o‘tkazildi:
• 1-toifa: qisqa masofaga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, tennis to‘pini uloqtirish;

• 2-toifa: 100 va 200 metr yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, mini-nayza uloqtirish.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent shahri
16 ta oltin, 21 ta kumush va 13 ta bronza medali

2-o‘rin — Toshkent viloyati
10 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medali

3-o‘rin — Xorazm viloyati
8 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting