locale OZ

Maxachev Topuriyaning g‘alabasini xachapuri va tarxun bilan nishonladi

Islam Maxachev yangi UFC chempionini quvonchli ziyofat bilan tabrikladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC’ning engil vazn toifasidagi kamarini vakant qoldirgan 33 yoshli Islam Maxachev Ilya Topuriyaning kechagi jangdagi zafarini qo‘llab-quvvatladi.

Asli kelib chiqishi gruziyalik bo‘lgan Topuriya Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 317 turnirida asosiy jangda Charlz Oliveyrani ilk raundda nokautga uchratib, engil vaznda yangi chempionga aylandi.

Maxachev bu yuksak natijani jamoa a’zolari bilan birga gruzin taomlari — xachapuri va tarxun bilan nishonlaganini ma’lum qildi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu voqeaga oid suratlar ham e’lon qilindi.

“Biz nishonlayapmiz”, — deb yozdi u fotosuratlar ostida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting