Maxachev AQShda jang qiladi
Della Maddalenaga qarshi titul uchun kurash Abu-Dabida emas, Amerikaning yirik arenasida bo‘lib o‘tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: MMA.ru
Rossiyalik jangchi Islom Maxachevning UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion Jek Della Maddalenaga qarshi jangini AQShda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda uning menejeri Ali Abdel-Aziz Kamaru Usman va Genri Sehudo ishtirokidagi podkastda ma’lum qildi.
— Jang Abu-Dabida emas, AQShda o‘tadi. Islom u yerda jang qilmaydi. Poedionok dunyodagi eng katta arenalardan birida tashkil etiladi, — dedi Abdel-Aziz.
Jang sanasi hali aniq emas, biroq u 2025 yil tugaguniga qadar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor